"So'ngi qo'ng'iroq" kuni maktablardan birining hovlisida YPX xodimi bir yigitni quvib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. O‘shanda yigit maktab o‘quvchisi ekani haqida ham aytilgan edi. Ta’kidlash lozim, mazkur video qayta ishlangan bo‘lib, unga kulgili musiqa ham qo‘yilgan.

Ushbu holat yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 24-mayida Qo‘ng‘irot tumanidagi 37-son maktabi oldida yuz bergan.

O‘sha kuni jamoat tartibini saqlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida xizmatga jalb etilgan YPX inspektori S.P Damas avtomashinasi haydovchisiga bolalaning hayotiga xavf solib, nihoyatda tez va boshqaruv vaqtida qo‘l telefonidan foydalangan holda harakatlanib kelgani uchun to‘xtash ishorasini beradi.

Haydovchiga qoidabuzarlik holatini tushuntirib, tegishli hujjatlarini so‘ragan vaqtda 2005-yilda tug‘ilgan yigit (maktab o‘quvchisi emas) hujjatlarini taqdim etolmaydi. Chunki u hali haydovchilik huquqiga ega emas bo‘lib, akasiga tegishli avtomashinani boshqarib yurgan edi.

"Xodim o‘zini shubhali tutgan haydovchini narkotik modda yoki spitli ichimlik ta’sirida ekanini, ruhiy kasalligi bor-yo‘qligini tekshirish uchun uni nima qilib bo‘lmasin to‘xtatishi kerak edi. Bunday odam boshqalar uchun qanchalik xavfli ekanini, menimcha, hamma ko‘rgan", deya voqeaga izoh berdi YHXX Axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev.

Shuningdek, Yo‘ldoshev "Militsiya tag‘olar harbiy tayyorgarlikni choyxonada o‘tkazayotgan ko‘rinadi" sarlavhali xabarni tarmoqqa joylagan va tarqatganlarni YPX xodimlari jangovar tayyorgarlikni qanday oshirayotganini ko‘rishga taklif etgan.

Aniqlik kiritilishicha, 1979-yilda yilda tug‘ilgan xodim o‘sha kuni 20 yoshli yigitni 30 soniya ichida ushlashga muvaffaq bo‘lgan.

"Shuningdek, mazkur videoni tasvirga olgan va va ichki ishlar xodimini obro‘sizlantirish maqsadida tasvirga qayta ishlov berib, tarqatganlarga MjtKning 195-moddasi 2-qismi tartibida BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha jarima solish yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish uchun surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi munosabatda.