2025-yil 6-may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilib, 9 may — Jahon urushida fashizm ustidan qilingan Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarini yoʻlladi.

Putin Isroilda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriylarini alohida tabriklab, ularga sihat-salomatlik va uzoq umr tiladi. Netanyahu esa Sovet Ittifoqi, birlashgan Qizil Armiya askarlari fashizm ustidan gʻalabaga qoʻshgan beqiyos xizmatlarini eʼtirof etdi.

Telefon muloqotida yaqin Sharqdagi va Isroil atrofidagi vaziyat, Rossiya-Isroilning ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish masalalari haqida ham gaplashinildi.