TAFTISH.UZ — Axborot-tahliliy internet nashri
Taftish.uz — bu eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli va foydali maqolalarni taqdim etib boruvchi zamonaviy onlayn nashrdir.
Saytimizda siz nafaqat tezkor voqea-hodisalar haqida xabardor bo‘lasiz, balki siyosat, iqtisod, jamiyat va biznes yo‘nalishlarida tayyorlangan tahliliy hamda tanqidiy materiallarni ham o‘qishingiz mumkin.
Bir paytlar orzu bo‘lgan yo‘l bugun haqiqatga aylangan: Taftish.uz o‘z auditoriyasiga ega, uni o‘qishmoqda, unga ishonishmoqda, jamoamiz mehnati munosib e’tirof etilmoqda.
Saytimizning asosiy maqsad va vazifalari:
• Jamiyatga xolis, ishonchli va tushunarli axborot yetkazish, O‘zbekiston va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarni oddiy tilda sharhlash;
• Demokratik-huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi islohotlar mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish;
• Milliy qadriyatlar va an’analarni asrab-avaylab, ma’naviyat va ma’rifat sohasida olib borilayotgan davlat siyosatini keng ommaga yetkazish;
• Axborot texnologiyalari asrida keng tarqalayotgan yolg‘on va manipulyativ xabarlarning asl mohiyatini fosh etish, aholining axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash va “feyk” yangiliklarni ajratib olish ko‘nikmalarini shakllantirishga hissa qo‘shish.
Taftish.uz — bu haqiqatni izlash, uni jamiyatga yetkazish va axborot maydonini sog‘lomlashtirish sari dadil qadam.
Bizni o‘qing, kuzating va fikrlaringiz bilan bo‘lishing — zero, haqiqatni birga izlaylik!
Бизнинг лидерларимиз
Taftishadmin
Taftish.uz rahbari