AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi noqonuniy migrantlarning vataniga qaytish jarayonini yengillashtirishga qaratilgan dasturni ishga tushirmoqda.
Bunda migrantlar CBP Home ilovasi orqali deportatsiyani tashkillashtiradi. Ularning vataniga qaytgani tasdiqlangach, 1000 dollar taqdim etiladi.
“Agar siz bu yerda noqonuniy yurgan bo‘lsangiz, mustaqil deportatsiya — bu hibsdan qochishning eng yaxshi, xavfsiz va AQShni tark etishning nisbatan kamxarj usulidir. CBP Home ilovasini hoziroq yuklab oling va mustaqil deportatsiyani amalga oshiring”, — deydi AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi.
Bu huquqni muhofaza qilish organlari, xorijliklar uchun eng xavfsiz variant va AQSh soliq to‘lovchilari uchun 70 foizli tejamkorlikni anglatadi.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan keltirilgan so‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, yil boshidan buyon mamlakatdan 117 ming kishi deportatsiya qilingan.