"Manchester Yunayted" hujumchisi Alejandro Garnacho faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Manchesterliklar 20 yoshli futbolchini sotishga qaror qildi. Manbaga ko‘ra, argentinalik 20 yoshli futbolchiga "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda. MYU rahbariyati ham yozda Garnacho bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Klub Garnachoni 76 million yevroga sotishga rozi.

Joriy mavsum Garnacho 54 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli assistni amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.