Bugun soat taxminan 06:20 lar atrofida 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro Farmonov Diyorbek (2-bosqich talaba), noma’lum sabablarga ko‘ra, Buxoro davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litseyining sport zalining tom qismiga chiqib bo‘yin sohasidan o‘zini osib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, marhumning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy akkauntida 2025-yil 27-28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylaganligi aniqlangan.