2025-yil 9-may kuni Bishkek shahrida o‘tkazilgan Qirg‘iziston mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan harbiy paradda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan LOCHIN HA-341(M1) uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlari) namoyish etildi.

LOCHIN dronlari haqida

LOCHIN — O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan ishlab chiqilgan milliy dron brendi bo‘lib, u Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan va yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu dronlar ikki xil — samolyot va kvadrokopter shaklida ishlab chiqariladi va harbiy hamda fuqarolik sohalarida keng qo‘llaniladi. Ular razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumot olish, artilleriya o‘t ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajarish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, neft va gaz, o‘rmon xo‘jaligi, temir yo‘llar, geologiya, qidiruv sohalarida kartografiya, topogeodeziya, ekinlarni defoliatsiya qilish, qo‘riqxonalarni, yo‘llarni, ijtimoiy infratuzilma hamda muhim obyektlarni kuzatib borish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi.