"Santos" futbolchisi Neymar 17-aprel kuni Braziliya chempionati doirasidagi "Atletiko Mineyro"ga qarshi o‘yinda (2:0) chap son qismini jarohatlab olgan va 34-daqiqada almashtirilgan edi.

UOL portalining xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi klub bazasida kuniga 11 soat mashq qilmoqda. U haftaning bir necha kunida ikki mahal ishlashda davom etmoqda. Shu sababli tiklanish jarayoni yaxshi o‘tmoqda.

Futbolchi shifokorlar tavsiyalariga amal qilayotgani aytilmoqda va u maydonga may oyining oxiri yoki iyun oyining boshlarida qaytishi mumkin. "Santos"ning tibbiy shtabi ma’lum qilishicha, Neymar hech qachon bunchalik ko‘p mashq qilmagan.

Vingerning Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30-iyuniga qadar davom etadi. Yaqin kunlarda tomonlar shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.