Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti Tasviriy va amaliy san’at bo‘limi mudiri, taniqli olim, davlat va jamoat arbobi, arxeolog Zafar Abdullayevich Hakimov 83 yoshida vafot etdi. 

Olim mamlakatning madaniy va tabiiy merosini asrash hamda targ‘ib qilish yo‘lida bebaho hissa qo‘shgan fidoyilardan edi. Zafar Hakimov turli yillarda mas’ul va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston Badiiy fondiga rahbarlik qilgan, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Prezident devoni tuzilmalarida ishlaganMadaniyat vaziri, “O‘zteleradiokompaniya” raisi, shuningdek, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyotining yetakchi ilmiy muharriri bo‘lgan. 

U tarix, arxeologiya va arxitektura yo‘nalishlarida 50 dan ortiq ilmiy asarlar — maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. 1970–1979-yillarda sovet-afg‘on arxeologik ekspedisiyasi tarkibida Afg‘oniston shimolida o‘nlab qadimiy voha va manzillarni aniqlagan.