Ma'lum qilinishicha, senator Bahrom Abdullayev Oliy ta’lim vaziriga so‘rov yuborgan. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.

O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi oxirgi yillarda jadal rivojlanib, OTMlar soni 77 tadan 203 taga yetdi. Talabalarni qamrab olish darajasi esa 9% dan 42% ga oshdi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida ikki OTMda o‘qish imkoniyati cheklangani bo‘yicha shikoyatlar ko‘paymoqda.

Senator Bahrom Abdullayev bu masalada rasmiy tushuntirish so‘rab, Oliy ta’lim vaziriga so‘rov yubordi. U amaldagi 393-son qaror va HEMIS tizimi yoshlarning bir nechta yo‘nalishda o‘qish imkoniyatini cheklayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda bunday cheklovlar mavjud emasligi va talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta diplom olish imkoniga ega ekani qayd etilgan.