Bugungi kunning talabi – tadbirkorlarni muammosini hal etishda eski an’anaviy usullardan voz kechib, yangi kreativ yondoshuvlar talab etilmoqda. Bu borada tadbirkorlarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli Davlat organi – Biznes ombudsman tomonidan tadbirkorlar bilan muloqotlar yangi formatlarda shakllantirilmoqda.
Xususan Davlat rahbari qarori bilan Ohangaron tumanida tashkil etilgan "Eltech Industrial" texnoparki hududida rejalashtirilayotgan loyiha tashabbuskorlari bilan bevosita doimiy muloqot yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda loyiha tashabbuskorlariga qurilish, bojxona, soliq va boshqa yo‘nalishlarda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha mutaxassislarni jalb etgan holda faqat tushuntirish berish bilan cheklanib qolmasdan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ruxsat berish va imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha beriladigan murojaat va arizalarni texnoparkka biriktirilgan Davlat organlari soha mutaxassislari ko‘rib bergandan so‘nggina arizalarni yuborish mexanizmi joriy etilmoqda.
Dastlabki natijalariga ko‘ra, shu kungacha yechimini topmagan ayrim muammolar, xususan texnopark ishtirokchilarga belgilangan imtiyozlarni qo‘llash va qurilish obyektlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasida muqaddam rad etilgan murojaatlar bevosita soha mutaxassislari ishtirokida ko‘rib chiqilib qayta murojjatdan so‘ng o‘z yechimini topmoqda.
Bizneks ombudsman tomonidan bu formatdagi muloqot boshqa sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham muntazam amalga oshirib kelinmoqda.