Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida avtobuslar tezkor harakatlanishi uchun BRT yo‘lagi quriladi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.

Avtobus yo‘lagi qurilishi yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Bekatlar shunday loyihalashtiriladiki, odamlar avtobuslarga xavfsiz va oson tushib-chiqa oladilar.