Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘cha tartibiga o'tmoqda, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va albatta shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan 24-aprel soat 07:00 dan 30-mayga qadar “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining  Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan, Shaxrisabz ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi xabar berdi.

"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", - deyiladi xabarda.