UEFA Turkiyada bo‘lib o‘tadigan futbol tadbirlari munosabati bilan Istanbulda ofis ochishga qaror qildi. Bu haqda Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksandr Cheferin ofis ochilish marosimida ma’lum qildi.

U 2026-yil UEFA Yevropa Ligasi va 2027-yilgi Konferensiya Ligasi finallari yaqinlashayotganini hamda 2032-yilgi Yevropa chempionati allaqachon ufqda ekanligini eslatdi. Cheferin, shuningdek, UEFA kelajak uchun yuqori talablarni belgilashni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

“Biz hozirda ushbu tadbirlarni chinakam ajoyib qilish uchun barcha tajribamiz, bilimlarimiz va ilg‘or amaliyotlarimizni birlashtirmoqdamiz. Ishonchim komilki, biz birgalikda nafaqat umidlarni oqlaymiz, balki ulardan ham oshib ketamiz. Evro-2032 finali Italiya va Turkiyada bo‘lib o‘tadi,” — dedi prezident o‘z nutqida.

Turkiya nomidan shunday dildan minnatdorchilik bildirildi: “Hukumatimizga, Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga, Turkiya Futbol Federatsiyasi va uning prezidenti Ibrohim Hacıosmono‘g‘luga, shuningdek, bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman,” — deyiladi bayonotda.