Avvalroq, Boysundagi M-25 gaz konidan yana vodorod sulfid otilib chiqayotgani haqida xabar bergan edik. Energetika vazirligi axborot xizmati ushbu xabarni tasdiqladi.
Xabarga ko‘ra, gazning tarqalishini oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborilgan. Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilayotgani aytilmoqda.
Hodisa sodir bo‘lgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab qo‘yilgan va mutaxassislar tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda, deyiladi xabarda.