Juma kuni 30 yoshli yigit jumaga kelib, onasini sotishini aytib hayqira boshladi. Odamlar yigitdan nega bunday qilmoqchiligini so‘rashganda, yigitning aytgan javobi hammani hayratga soldi.

Juma kuni odatdagidek jumaga bordim. Juma tugagach, bir yigit: “Onamni sotaman, oladigan bormi?” deya baqira boshladi. Atrofdagi hamma “Bu jinni bo‘lganmi?” deya so‘ka boshladi. Bir yoshi ulug‘ inson “Nega bunday qilyapsan?” deb yigitdan so‘raganda, yigitning ko‘zida yosh bilan aytgan javobi hammani hayratlantirdi. 

Yigit gap boshladi: “Bugun jumadan keyin taziya bor. Bu inson mening ikkinchi onam. Men oddiy taksichiman. Kunduzi taksida ishlayman, kechasi bog‘chada qorovulchilik qilaman.

Kunduzi uyga kelib, onam bilan ovqatlanaman, keyin yana ishga chiqaman. Onam esa tuni bilan men uchun duo qiladi. Tongda uyga qaytsam, u meni kutib oladi, keyin o‘z o‘rniga yotib uxlaydi. Har kunimiz shu tartibda o‘tardi.

Bir kun odatdagidek onamning duosini olib, ishga ketdim. Taksiga buyurtma keldi — boy xonadon. Eshik oldida 4–5 ta inomarka turardi.

Shunday katta uydan bir mushtipar ona chiqib keldi. Ustida yupun libos. Mashinaga o‘tirarkan, ko‘z yoshlarini to‘xtata olmasdi. So‘radim:

— Ona, nega yig‘layapsiz?

Ona javob berdi: “O‘g‘lim, meni uchta o‘g‘lim bor. Hammasini yolg‘iz boshim bilan o‘qitdim. Hammasi oliy ma’lumotli, o‘z uy-joylari bor. Bu kenja o‘g‘limning uyi. Akalariniki bundan ham zo‘r. Lekin  o‘g‘illarimning birorta mashinasiga ham chiqmadim. Chiqarishmadi, taklif qilishmadi.

Axir o‘g‘illaringizda mashinalar bor-ku! Nega chiqarishmaydi?

Ona qattiq yig‘lab yubordi:

— Men farzandlarim kamlik ko‘rmasin deb ishdan-ishga yuraverdim. Ammo, ularga tarbiya berishga vaqt ajratmadim. Endi o‘sha uylarda menga joy yo‘q. Shu xonadonda, o‘g‘limning qorovulxonasida yashayman. Bu kundalik mehnatim — maktabda tozalovchi bo‘lib ishlayman. O‘zimni o‘zim boqaman.

Yig‘lab yubordim.

— Ona, yuring men bilan. Mening onam borlar hamroh bo‘lasiz. Menda endi ikki ona bo‘ladi, dedim.

Ona esa jimgina javob berdi:

— Yo‘q, bolam. Menga o‘g‘il emas, menga meni sotib oladigan inson kerak…

— Qanday qilib sotib olaman? — dedim.

— Bir donagina shoyi ro‘mol bilan, — dedilar.

O‘zim tozalovchilik qilaman. Maoshim kam. Oylik olsam, nevaralarimga narsalar olaman. Shu shoyi ro‘molni bolalarim oberishini juda-juda xohlayman. Lekin bu menga bu dunyoda nasib qilmaydimi deyman. 

Biz onaxonni onam bilan birga tozalab, kiyindirdik. Bir dona emas, bir nechta yangi ro‘mol olib berdim. Qo‘llarini ochib, yurakdan duo qildilar:

— “Bolam, kamlik ko‘rmagin…”

Tun kirdi. U kishi yangi ro‘mollarini chiroyli qilib o‘rab, eski ro‘mollarini bag‘irlariga bosgan holda omonatini topshirdilar…

Bugun men shu onaxonning jasadini o‘g‘illariga sotmoqchiman. So‘nggi manzilga o‘zlari kuzatsinlar!”

Bu so‘zlardan so‘ng, odamlar orasidagi sekingina shivir-shivir to‘xtadi. Lekin bu olomon ichida o‘g‘illar yo‘q edi. Voqeani eshitib, gap kim haqida ekanini bilgan qo‘shnilar onaning farzandlariga telefon qildilar. Juma tugaguncha uch aka-uka yetib kelishdi va tobutga qarab o‘zlarini tashlashdi. Ular yig‘lar, “Ona!” deb baqirar edilar…

Afsus, endi kech…

 

Sabohat Saidrizo oqqa ko'chirdi