O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari – China State Construction, China General Nuclear Power, CAMCE, Goldwind va ZTO Express rahbarlari bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi katta. Faqat o‘tgan yilining o‘zida Xitoydan kelgan investitsiyalar 10 milliard dollardan oshdi.

Uchrashuvda quyidagi muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

Yo‘llar yangilanadi – Toshkentda infratuzilma modernizatsiya qilinadi, yangi sanoat zonasi quriladi.

Quyosh va shamol elektr stansiyalari – “Yashil energetika”ga investisiyalar yanada kengayadi.

Olimpiya shaharchasi va yangi texnoparklar – Toshkentning kelajagi zamonaviy texnologiyalarga bog‘liq.

“Aqlli” logistika – Tovarlarni bojxonadan o‘tkazish, omborlarni boshqarish onlaynga ko‘chadi.

Bu faqat boshlanishi. Xitoyning China State Construction, Goldwind, ZTO Express va boshqa korporatsiyalari bilan yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilishi kelishib olindi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori”.